O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Press-kofe” o‘tkazildi

2018-08-17 | Madaniyat

Maqom o‘zbek xalqining yetakchi an’anaviy musiqasi ijodiyotining yetakchi janri bo‘lib, u o‘rta asr va keyingi davrlarda Markaziy Osiyo, umuman Sharq hududini XIX-XX asrlarda larzaga solgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazgan jonbaxsh kuch sifatida namoyish etilgan.

Shu munosabat bilan milliy maqomimizni butun dunyoga tarannum etish maqsadida Hurmatli Yurtboshimizning tashabbusi bilan 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro Maqom san’ati Anjumani o‘tkazilishi belgilandi.

Tayyorgarlik jarayonlarini ommaga yetkazish va uning targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston Milliy Matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda Xalqaro Maqom san’ati Anjumaniga bag‘ishlangan Press-kofe o‘tkazildi.

Unda 60 yaqin jurnalistlar ishtirok endi. Barcha OAV vakillari o‘zini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etib hamda Anjumanga tayyorgarlik ishlari va o‘tkazilishi yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Anjuman avvalida maqom san’atidan jonli kuy va navolar ishtirokchilarga taqdim etildi.

Shuningdek, O‘zbek milliy maqom san’ati markazining rahbari Soyib Begmatov anjumanga xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan maqom ansambllari, yakkaxon ijrochilarning munosiblarini saralash bosqichlari qay tartibda o‘tganligi va qanday jihatlarga e’tibor berilganligini aytib o‘tdi.

Bugungi kunda Madaniyat vazirligiga Anjumanda ishtirok etish uchun 85 davlat murojaat etdi, shulardan 70 ga yaqini tanlab olindi, tadbirda 300dan ortiq xorijiy mehmonlar kelishi kutilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, 40 ta xorijiy ommaviy axborot vositalari Anjumanni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z yurtiga jonli uzatish istagini bildirmoqda, bu o‘z navbatida noyob O‘ZBЕK MILLIY MAQOMNING dovrug‘ini 40 ta mamlakatga yetkazadi.

Tadbir yakunida OAV vakillari bilan bir piyola choy ustida suhbat va fikr almashildi.

Поделиться