O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida «ATLAS International AG» va «Jenoptik Robot GmbH» bilan xamkorlik
2018-08-08 | Jamiyat
2018 yil 7 avgust kuni «O‘zstandart» agentligida Germaniyaning «ATLAS International AG» bosh direktor Artur Konrad, «Jenoptik Robot GmbH» kompaniyasi strategik biznez boshqaruvchisi Ralf Shmit va Yevropa mintaqasi bo‘yicha bosh direktor Piter Shtaynerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: «ATLAS International AG» va «Jenoptik Robot GmbH» kompaniyalari yo‘l xarakati xavfsizligi, transport vositalarini belgilarini qayd qilish, xujjatlarni qalbakilashtirishni yuqori darajada oldini olish, kartodromlarni loyixasini ishlab chiqish va qurish, texnik nazorat sohasida texnologiyalarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Ushbu uchrashuvda «ATLAS International AG» va «Jenoptik Robot GmbH» kompaniyasining faoliyati to‘g‘risida, xususan qoida va standartlarga amal qilish, xavflarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va barqaror rivojlanishga ko‘maklashishning innovatsion yechimlari to‘g‘risida axborot taqdim etildi, shuningdek taqdimot o‘tkazildi.
O‘z navbatida «O‘zMMI» DK va «RSSM» DK xodimlari metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida hamkorlik qilish va qo‘shma o‘lchash (kalibrlash) va sinash laboratoriyalarini yaratish uchun istiqbolli loyihalar to‘g‘risida prezentatsiya ko‘rinishida axborot taqdim etishdi.
Uchrashuv borasida «ATLAS International AG» va «Jenoptik Robot GmbH» kompaniyalarining vakillari tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni, shu jumladan texnik hamkorlik va texnik vositalarning elektr magnit mos keluvchanligi parametrlarini o‘lchash/sinash bo‘yicha qo‘shma laboratoriya yaratish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Ko‘rsatilgan loyihalar doirasida «O‘zMMI» DK va «RSSM» DK negizida laboratoriya yaratilishi, zamonaviy o‘lchash va sinash uskunalari bilan jihozlanishi, mutaxassislarning malakasini oshirish, o‘qitish (stajirovka), ilmiy seminarlarda ishtirok etish, shuningdek xalqaro talablarga asosan SE markirovkasini qo‘llash bo‘yicha birgalikda ishlar bajarilishi ko‘zda tutilgan.
Janob Artur Konrad va Ralf Shmit «ATLAS International AG», «Jenoptik Robot GmbH» va «O‘zstandart» agentligi o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatishga va barcha faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqladi.