O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muloqot samarali bo‘ldi

2018-08-07 | Jamiyat

Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov Navbahor tumani yoshlari bilan uchrashdi. 

Viloyat rahbari tumandagi “Kamalak” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida o‘tkazgan muloqotda yoshlar o‘z taklif va g‘oyalarini ilgari surdi, muammolari va fikr-mulohazalaribilan o‘rtoqlashdi. 

Uchrashuvda Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan mazkur tarixiy dastur yoshlarimiz hayotida alohida o‘rin tutadigan, ularning kelajagi uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradigan muhim huquqiy hujjat ekani ta’kidlandi. Tijorat banklari mas’ullari tomonidan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish tartibi xususida batafsil ma’lumot berildi. 10 nafar yigit-qizga fuqarolik pasporti topshirildi. 

Navbahorlik yoshlar viloyat rahbaridan asosan tadbirkorlik faoliyati uchun kredit olish hamda yer maydonlari ajratishda amaliy ko‘mak so‘radi. 

Tumandagi “World and billion” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari H.O‘roqov o‘zining 3 ta istiqbolli loyihasi haqida gapirib berdi. Xususan, baliqchilik xo‘jaligi, intensiv bog‘ va plyonka ostida tomorqachilikni yo‘lga qo‘yish g‘oyalarini ilgari surdi. Mazkur loyihalar amalga oshsa 50 kishi ishli bo‘ladi. “Qalqonota” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.Abdullayeva tikuvchilik sexi ochish uchun yer maydoni ajratilishini so‘rab murojaat qildi. Yangihayot mahallasida yashovchi II guruh nogironi D.Pirmatov issiqxona xo‘jaligini kengaytirish uchun 25 million so‘m miqdorida foizsiz kredit ajratilishida ko‘mak so‘rab, buning natijasida 5 ta yangi ish o‘rni yaratishini ma’lum qildi. 

– Mamlakatimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi Yosh kuch mahallasida yashovchi O.Yo‘ldoshev. – Uchrashuvda issiqxona tashkil etish loyiham viloyat hokimi tomonidan munosib rag‘batlantirilib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi huzuridagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi fondidan foizsiz 15 million so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratiladigan bo‘ldi. 

Uchrashuvda qariyb 30 murojaat ijobiy hal etildi. Ish bilan band bo‘lmagan qizlarga 4 ta mikroto‘lqinli pech hamda 40 dona tikuv mashinasi topshirildi. Hunarli yoshlarga payvandlash uskunalari hamda ikki nafar tashabbuskorga 35 boshdan parranda tarqatildi. Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 70 nafar yosh mutaxassis ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi. 

 

Nuriddin Rahimov, O‘zA

Поделиться