O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vatanimizning metin tomiri

2018-08-06 | Jamiyat

Prezidentimiztashabbusi bilan 2017-yildan e’tiboran har yili avgust oyining birinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Shamoldek tezkor, uchqur elektropoyezdda manzil sari borar ekanmiz, bu safar zamirida qanchadan-qancha temiryo‘lchilar, quruvchi va muhandis, yo‘lsozlarning mashaqqatli, fidokorona mehnati mujassam ekani haqida ko‘p ham o‘ylab o‘tirmaymiz.

Poytaxtimizdagi “Temiryo‘lchilar” markaziy madaniyat saroyida soha xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirga ana shunday fidoyi, o‘z ishiga sadoqatli vakillari taklif etildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati jamoasiga bayram tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi O.Ramatov o‘qib eshittirdi.

Davlatimiz rahbari farmoniga binoan soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xodimlarga Vatanimizning yuksak unvonlari, orden va medallari tantanali topshirildi.

Tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan uzoq yillar mobaynida tizimda samarali mehnat qilayotgan mutaxassislar “Faxriy temir yo‘lchi” ko‘krak nishoni va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2018-yilda yangi temir yo‘llar barpo etish, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha bir qator istiqbolli loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi, qabul qilingan ko‘plab farmon va qarorlari asosida Toshkent shahrida yer osti va yer usti metro qurilishi ishlari ham ushbu tuzilma tomonidan amalga oshirilmoqda. Umumiy uzunligi 325 kilometr bo‘lgan “Qarshi-Termiz” temir yo‘l liniyasi to‘liq elektrlashtirildi. Joriy yilning 9-yanvar kuni esa Toshkentdan Termizgacha elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ko‘hna Surxon vohasida dizel yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi teplovozlar o‘rnini endilikda zamonaviy, yuqori quvvatga ega elektrovozlar egalladi. Hozirgi kunda “Pop – Namangan – Andijon” va “Qarshi – Kitob” liniyalarida elektrlashtirish ishlari jadal ravishda davom ettirilmoqda.

Joriy yil ikkinchi bor kasb bayramini nishonlayotgan temir yo‘lchilarning amalga oshirayotgan bunyodkorlik ishlari, xizmat ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari haqida ko‘plab misollar keltirish mumkin

Bayram tadbirida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayev va boshqalar soha xodimlarini bayram bilan tabriklab,mamlakatimizda xalqimizning hayot farovonligini yanada oshirish, odamlar og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish, barcha jabhalar kabi temir yo‘l transporti sohasi xodimlarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mehnatini munosib qadrlash va e’zozlash borasidagi amaliy g‘amxo‘rliklar uchunminnatdorlik bildirdi. 

San’at ustalari va ijodkor yoshlar ishtirokidagi katta konsert dasturi tadbirga yanada fayz va ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

 

 

Nazokat Usmonova, Muhammad Amin (surat), O‘zA

Поделиться