O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimiz temir yo‘l transporti sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

2018-08-06 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimiz temir yo‘l transporti tizimidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, sohani zamon talablari asosida rivojlantirish, mintaqa va jahon miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, xalqaro standart va talablarga mos yangi temir yo‘llarni barpo etish, tarmoqning barqaror va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini yuksaltirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlansin:
 
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi”
 
Yuldashev Sergey Vladimirovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi “O‘zbekiston” elektrodeposi mashinist-yo‘riqchisi, Toshkent shahri
 
Yusupov Yusupbay Ismailovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Urganch lokomotiv deposi chilangari, Xorazm viloyati
 
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi”
 
Abduraximov Xadyatullo To‘g‘onovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 164-yo‘l mashina stansiyasi kran mashinisti, Farg‘ona viloyati
 
Kan Eduard Grigoryevich - “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyatining temir yo‘llarni loyihalash bo‘limi loyihalar bosh muhandisi
 
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
 
Odilov Alisher Ravshanovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
 
Saliyev Batirjan - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Yagona dispetcherlik markazi bosh poyezd dispetcheri
 
Suyarov Shamshiddin Norkulovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Tinchlik” lokomotiv deposi ta’mirlash sexi brigada boshlig‘i, Navoiy viloyati
 
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
 
Baymuratov Eshkuvat Jalgashovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Termiz vagon deposi vagonlarni rejali ta’mirlash sexi chilangari, Surxondaryo viloyati
 
Baxadirov Fuod Vadudovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Axborot-hisoblash markazi boshlig‘i
 
Bekmirzayev Ganijon Mirzamaxmudovich - “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasining “Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi vagon yig‘uv sexi chilangari, Toshkent shahri
 
Mamadaliyeva Fatima Sadikovna - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi “Qo‘qon” stansiyasi marshrutli-releli markazlashtirish navbatchisi, Farg‘ona viloyati
 
Mamadov Abdukaxar Gulamovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati “Angren ko‘mir koni” filiali ekskavator mashinisti, Toshkent viloyati
 
Suvankulov Kaxramon Norkulovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Jizzax temir yo‘l masofasi katta yo‘l ustasi, Jizzax viloyati
 
“Do‘stlik” ordeni bilan
 
Gayupov Dauletbay Mirzabayevich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Qo‘ng‘irot temir yo‘l masofasi yo‘l ustasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
 
Ikromova Mastura Karaxanovna - “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining kran mashinisti, Toshkent shahri
 
Luneva Aliya Anvarovna - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Kapital qurilish direksiyasining rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
 
Muryasova Nuraniya Erifovna - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “1-energomontaj poyezdi” unitar korxonasining sifat, sertifikatlash va standartlash bo‘yicha yetakchi muhandisi
 
Nazarova Dildor Timurovna - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Investitsiyalarni jalb etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
 
Sabirov Kutlimurat - O‘zbekiston temiryo‘lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasining Respublika kengashi raisi
 
Tulyaganov Oybek Turabekovich - “Ko‘prik qurilish tresti” unitar korxonasining 67-ko‘prik qurish otryadi boshlig‘i, Toshkent shahri
 
Xalikov Kadirxan Usarovich - “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasi bosh muhandisi
 
Xamrakulov Sobir Suyarkulovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Xovos signallashtirish va aloqa masofasi katta elektromexanigi, Sirdaryo viloyati
 
“Shuhrat” medali bilan
 
Bekboyev Uzokboy Umurqulovich - “Ko‘prik qurilish tresti” unitar korxonasining 67-ko‘prik qurish otryadi elektropayvandchisi, Toshkent shahri
 
Bekmatov G‘olib Tashkentevich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasining elektr ta’minot korxonasi elektromexanigi, Qashqadaryo viloyati
 
Nazarov Shavkat Alikulovich -“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Buxoro lokomotiv deposi teplovoz mashinisti, Buxoro viloyati
 
Shuxlin Georgiy Borisovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi “Chilonzor” elektrodeposi mashinist-yo‘riqchisi, Toshkent shahri
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                              SH.MIRZIYOYEV
 
Toshkent shahri, 2018-yil 3-avgust
 

Поделиться