O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Namanganda yoshlar festivali
2018-07-27 | Jamiyat
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Bag‘rikeng O‘zbekiston” yoshlar festivalining Namangan viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 270 dan ziyod yoshlar insho, she’riyat, tasviriy va fotosan’at hamda turli millat va elat vakillarining milliy raqslari bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.
Ishtirokchilarning ijodiy ishlarini baholashda yoshlarning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha iste’dodi, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qay darajada tarannum eta olishiga e’tibor qaratildi.
Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat) O‘zA