O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Mening Toshkentim” tanlovi e’lon qilindi!

2018-07-26 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimiyati “MЕNING TOSHKЕNTIM” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovning tartib va shartlari
 
Nominatsiyalar
 
1. 2018-yilgi Toshkent haqida eng yaxshi surat
 
2. “Kreativ surat” – Mening Toshkentim-2018
3. Toshkent haqida “Eng yaxshi maqola”
4. “Eng yaxshi selfi” - Men va mening shahrim
5. Toshkentning “Eng yaxshi panoramasi”
 
• Tanlov o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
• Tanlovda faqat 14 yosh va undan katta yoshda bo‘lganlar ishtirok etishlari mumkin.
• Hokimiyatning Facebookdagi sahifasiga “layk”qo‘yish va yangilikni “ulashish” tanlovning majburiy sharti hisoblanadi.
• Tanlovda professionallar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.
 
• Ishga ma’lumot xati (g‘oya, elementlar, ranglarga doir ma’lumot, muallifning ixtiyoriga ko‘ra boshqa ma’lumotlar) ilova qilinadi. Unda muallifning ismi-sharifi, manzili, telefon raqami ko‘rsatilishi kerak.
• Eng yaxshi ishlar hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan tanlab olinadi va g‘oliblarni esa hokimiyatning Facebook sahifasidagi umumiy ovoz berish aniqlaydi.
 
Tanlov ishlarini baholash mezonlari
 
Originallik, o‘ziga xoslik va tanlov mavzusiga moslik
 
Tanlov natijalarini sarhisob qilish
 
• Tanlov natijalariga ko‘ra konkursning eng yaxshi ishlari 2018-yil sentyabrda Toshkent shahar hokimiyatida tashkil etiladigan ko‘rgazmada taqdim etiladi.
• Eng yaxshi ishlar ko‘rgazmasida mukofotlarni topshirish marosimi ham o‘tkaziladi.
 
• Yutuqli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan eng yaxshi ishlar tanlov tashkilotchisi ixtiyoriga o‘tadi va muallifga qaytarilmaydi. Shuningdek, yuqorida sanab o‘tilgan asarlarga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan barcha huquqlar ham tanlov tashkilotchisiga o‘tadi. Muallifga tanlovga taqdim etilgan ishlar va materiallarning birlamchi nusxasini o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi ham tanlovni tashkilotchisi ixtiyorida qoladi.
 
Tanlov muddatlari
 
• Tanlov 2018-yil 25-iyuldan 2018-yil 6-avgustgacha davom etadi.
• Tanlov ishlarini qabul qilish 2018-yil 25-iyuldan 2018-yil 6-avgust soat 18:00 ga qadar o‘tkaziladi.
• Tanlangan ishlar bo‘yicha umumiy ovoz berish 2018-yil 9-avgustdan 2018-yil 11-avgustgacha bo‘lib o‘tadi.
• Tanlov yakunlari 2018-yil 17-avgustda mukofotlash marosimi va eng yaxshi asarlar ko‘rgazmasi bilan birga bo‘lib o‘tadi.
 
Mukofot jamg‘armasi
 
1-o‘rin – Noutbuk 
2-o‘rin – Planshet
3-o‘rin – Smartfon
 
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar: polo futbolkasi va kepkasi
 
Aloqa ma’lumotlari
 
Tanlovda ishtirok etish uchun ishlar Toshkent shahar hokimiyatining yangi binosida faqat chorshanba va juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
 
Tanlov ishlarini taqdim etishning oxirgi muddati - 2018-yil 6-avgust kuni soat 18:00.
 
Konkurs va ishlarni qabul qilish shartlari bo‘yicha barcha savollar bilan quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin:
 
+99899 795-51-65
+99897 741-09-01
 
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Поделиться