O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vyetnam delegatsiyasi Jizzax investitsion imkoniyatlari bilan tanishdi

2018-07-26 | Jamiyat

Vyetnam Sotsialistik Respublikasi delegatsiyasi vakillari 25 iyul kuni Jizzax viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari, amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida bir qator korxonalarda bo‘ldi. 

Jizzax shahridagi zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan “Jizzax tekstil”, “Silk expert processing”, Zomin tumanidagi “Zomin asl ipak tolasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatlaridagi paxta va pillani chuqur qayta ishlash jarayoni,korxonalarning eksport imkoniyati vyetnamlik ishbilarmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida mehmonlarga xorijiy va mahalliy ishbilarmonlarga yaratilgan imtiyozlar va afzalliklar haqida ma’lumot berildi. Iqtisodiy zonada qulay investitsiyaviy muhit yaratilgani, yirik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari kengligi ta’kidlandi. 

Xorijiy delegatsiya vakillari uchrashuvda berilgan ma’lumotlar, ishbilarmonlar bilan muloqot o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega ekanini alohida qayd etdi. 
 

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat) O‘zA

Поделиться