O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hokim sayyor qabul o‘tkazdi

2018-07-23 | Jamiyat

Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov Hazorasp tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini oshirish, odamlarni bugungi kunidan rozi qilishda davlat boshqaruvi idoralarining xalq ichiga kirib borishi, barcha darajadagi mutasaddilarning aholi dardini eshitishi, quvonchu tashvishiga sherik bo‘lishi g‘oyat muhim sanaladi.
 
Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lish, uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 
Hazorasp tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda hudud hamda unga yondosh tumanlar aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi. Yo‘llarni ta’mirlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ta’lim va tibbiyot singari dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
 
Murojaatlarning aksariyati uy-joy qurish uchun yer ajratish, moddiy yordam, pensiya, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, bank-moliya, soliqqa tortish, tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar, sog‘liqni saqlash, obodonlashtirish, kommunal xo‘jalik, yo‘llarni ta’mirlashga oid bo‘ldi.
 
Ovshar qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fermer Shohsanam Soliyeva suv tanqisligi bois fermer xo‘jaligida yuzaga kelgan muammo yuzasidan murojaat qildi. Fermerning tashvishini tinglagan rahbarlar shu yerning o‘zida tegishli tashkilotlarga masalaning yechimi bo‘yicha topshiriqlar berdi. Fermer ham bundan mamnun.
 
– Xo‘jaligimiz viloyatning eng chekka hududida joylashgan, – deydi Shohsanam Soliyeva. – Bu yil Amudaryoda suv kam bo‘ldi. Oqibatda g‘o‘za suvsizlikdan aziyat chekmoqda. Kuzda paxta hosili yaxshi bo‘lishi uchun ko‘proq mineral o‘g‘it berish lozim. Viloyat rahbari mening muammoim bilan tanishdi va hal qildi. Bundan albatta, xursandman.
 
Joylarda o‘tkazilayotgan bunday muloqot va sayyor qabullarda aholini qiynayotgan muammolarning aksariyati joyida hal etilayotgani odamlarda davlatga, ertangi kunga ishonchni mustahkamlamoqda.
 

A.Shokirov, O‘zA

Поделиться