O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsiya vazirligi jamoatchilik kеngashini tashkil qilmoqda
2018-07-20 | Jamiyat
Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik kengashida faoliyat yuritish uchun nomzodlarni taklif qiladi. Jamoatchilik kengashi a’zolari Vazirlik bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga yordam beruvchi “ko‘prik” vazifasini bajaradi.
Jamoatchilik kengashi a’zolari o‘z tajribalaridan foydalanib turli jabhalarda maslahat berish,vazirlik faoliyati doirasida qaror qabul qilish va masalalarni hal etish jarayonlarida jamoatchilik nomidan ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kengash raisi va a’zolari ko‘ngilli ravishda (to‘lovsiz) faoliyat olib borishadi. Jamoatchilik kengashiga a’zo bo‘lishni xohlagan yurtdoshlarimizdan Jamoatchilik@mininnovation.uz elektron manziliga o‘zingiz haqingizda ma’lumot yuborishingiz so‘raladi.