O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zmetkombinat” AJ ishlab chiqarish faoliyatining 2018 yil I yarim yillik uchun prognoz parametrlari bajarilishi to‘g‘risida
2018-07-19 | Iqtisodiyot
2018 yil I yarim yillikda kombinat tomonidan amaldagi narxlarda 2 959,5 mlrd. so‘mlik, solishtirma narxlarda 1 506,9 mlrd. so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi, tovar mahsulotining o‘sish sur’ati solishtirma narxlarda 2017 yilning tegishli davriga nisbatan 146,7 % tashkil etdi.
2018 yil I yarim yillikda kombinat tomonidan 536,7 ming tonna tayyor prokat ishlab chiqarildi. Tayyor mahsulotning o‘sish sur’ati 2017 yilning tegishli davriga 143,9% tashkil etdi.
2018 yil I yarim yillikda tayyor mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining bajarilishi 5,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu prognoz topshirig‘iga nisbatan 160,3 % tashkil etdi.
Mahsulotning tannarxini pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksiga ko‘ra prognoz topshirig‘i 22,7 mlrd. so‘m bo‘lib, amalda 30,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu prognoz topshirig‘iga nisbatan 132,3 % tashkil etdi.
2018 yil I yarim yillikda investitsiya loyihalari bo‘yicha kapital mablag‘larini o‘zlashtirilishi 12,34mln.dollar tashkil etdi, bu prognoz topshirig‘iga nisbatan 100,0% tashkil etdi.