O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sud-huquq tizimidagi islohotlar jamoatchilik e’tiborida

2018-07-18 | Jamiyat

Poytaxtimizning Mirobod tumani hokimligida Toshkent shahar jinoyat, fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda ma’muriy va iqtisodiy sudlar raislari aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Sud organlari tizimidagi odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammo va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limlari vakillari va mahalla faollari ishtirok etdi. 

Mamlakatimizda sudlar faoliyati samaradorligini oshirish, sud’yalarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tartibini takomillashtirish, har bir ish bo‘yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarori chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. 

Tadbirda sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi. Soha xodimlari Prezidentimizning 2018 yil 13 iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirdi. 

– Amalga oshirilgan islohotlar sud-huquq sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirishga, sud hokimiyatining fuqarolar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi rolini oshirishga zamin yaratmoqda, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi raisi D.Jo‘rayev. – Joylarda aholi bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda ham bu borada ko‘plab masalalar muhokama qilinmoqda. Jumladan, sayyor sud majlislarida mahalla tomonidan kafillikka olinayotgan shaxslarning kelgusidagi xatti-harakatlariga javobgar bo‘lishi lozimligi tushuntirilmoqda. Sababi, ba’zi hollarda sud tugagach kafillikka olingan shaxs o‘z holiga tashlab qo‘yilgani ham kuzatildi. Bunday vaziyatda u qilmishidan to‘g‘ri xulosa chiqarmay yana jinoyat ko‘chasiga kirishi mumkinligi xususida mahalla faollari o‘ylamayapti. Bugungi ochiq muloqotda shu kabi ko‘plab masalalarga alohida e’tibor qaratildi. 

Tadbirda har bir mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, beparvolikka yo‘l qo‘ymaslik va osoyishta hayotni ta’minlashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida fikr bildirildi. 

 

A.Musayev, O‘zA

Поделиться