O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindistonlik investor Buxoroda to‘rt yulduzli mehmonxona quradi
2018-07-17 | Turizm
Joriy yilning 16 iyul kuni viloyat hokimligida o‘tgan OOO “METRIC VENTURES” kompaniyasi ta’sischi direktori Rashmi Ranjan va viloyat hokimi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida tomonlar Buxoro shahrida mehmonxona qurish borasida kelishuvga erishdi.
Shuningdek, mamlakatimiz rahbari tomonidan “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mehmonlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Tomonlar bu borada ham muzokaralarni davom ettirish borasida kelib olishdi.