O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Amaliy natijalarga boy o‘quv-seminar

2018-07-17 | Jamiyat

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi doirasida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Viloyat hokimligi, prokuratura va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Guliston davlat universiteti hamda hududdagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishtirok etdi.
 
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Sh.Zayniddinov va boshqalar “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining ertamiz egalari kamolotida tutgan o‘rni haqida to‘xtalib, hujjatda belgilangan vazifalarni og‘ishmay amalga oshirish mamlakat taraqqiyotining muhim kafolati ekanini ta’kidladi.
 
Seminar doirasida viloyat hokimligi, prokuraturasi, bandlik bosh boshqarmasi tomonidan tumandagi Ittifoq mahallasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda viloyatdagi 50 korxona-tashkilot va muassasa 1 ming 280 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yarmarkada 340 nafar yoshga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.
 
– Yoshlarni ma’lum mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, biznes yuritish ko‘nikmalarini singdirish maqsadida ro‘yxat shakllantirildi, – deydi Guliston shahar prokurori Sarvar Bozorov. – Mutaxassislar tomonidan yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda bino, ofis texnikasi va materiallarini ijaraga berish, internet bilan ta’minlash, biznes tashabbuslari va turli yo‘nalishdagi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Hunarmandchilik sohasiga qiziqqan yoshlar qisqa muddatli o‘qish kurslariga taklif etildi.
 
Prokuratura, sud, adliya, ichki ishlar idoralari hamda viloyat va tuman mutasaddilari, korxona, tashkilotlar rahbarlari tomonidan yoshlarning murojaat va takliflari tinglandi.
 
O‘quv-seminar yoshlar sayliga ulanib ketdi.
 
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.
 

A.Qayumov, O‘zA

Поделиться