O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasi SHHTga a’zo davlatlar vazirliklararo maslahatlashuvlarida ishtirok etdi
2018-07-12 | ShHT
2018-yilning 12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabar Abduvaxitov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida SHHTning xalqaro faoliyat masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.
Moskva shahrida Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston TIV vakillari tomonidan xalqaro munosabatlar rivojlanishining hozirgi sharoitlarida SHHT oldida turgan asosiy vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, SHHTga a’zo davlatlarning dolzarb mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha kelishilgan mavqe’larini amaliy tadbiq etish, boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar, avvalo BMT, ASEAN, MDH, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.