O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Viloyat hokimi fuqarolar bilan uchrashdi
2018-07-12 | Jamiyat
Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov Urganch shahrida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.
Murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, bandlik, ishga qayta tiklash, kredit olishga ko‘maklashish, tibbiy xizmat, yo‘llarni ta’mirlash kabi muammolarga oid bo‘ldi.
– Endi meni eng zo‘r mutaxassislar davolaydigan bo‘ldi, - deydi urganchlik Z.Xudoynazarova. – Davolanish uchun ketadigan mablag‘ga amaliy yordam berishmoqda. Muammo bugunoq hal bo‘lganidan xursandman.
Shonazar Qoriyev (surat) O‘zA