O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Belorussiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi O’zbekistonda

2018-07-11 | Jamiyat

Bugun poytaxtimizdagi “Turkiston” mehmonxonasining konferentsiyalar zalida O’zbekiston va Belorussiya Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining vakillari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov va bir qator vazirlik boshqarmalarining boshliqlari hamda Belorussiya Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari general-mayor Ivan Podgurskiy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

Dastlab, general-mayor Davron Nazarmuxamedov delegatsiya tarkibida bo’lgan hamkasblariga O’zbekistonga qilgan tashrifi va barqaror hamkorlik uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, mamlakatimizda ichki ishlar organlari tizimining rivoji va uning samarali faoliyat olib borishini ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar  bilan tanishtirdi.

O’z o’rnida, yurtimizda mehmon bo’lib turgan Belorussiya Respublikasining  vakillari ham samimiy qutlov va e’tirof uchun minnatdorchilik bildirib, bugungi uchrashuv ular uchun ham mazkur sohadagi yuksak xalqaro hamkorlik ekani hamda Belorussiya Respublikasi ichki ishlar tizimining faoliyati xususida qisqacha to’xtalib o’tdilar.     

Yig’ilishda ishtirokchilar ikki mamlakat Ichki  ishlar vazirliklari hamkorligida umumjinoyat hatti-harakatlariga qarshi kurashish va qidiruv ishlarini olib borish, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasida tomonlarning o’zaro ma’lumot almashish bo’yicha faoliyatning bugungi holati va kelajakdagi rivoji  hamda  narko xavf-xatarlarni  bartaraf etish borasidagi masalalarni qizg’in muhokama qildilar.

Shundan so’ng, Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh rahbarlari tomonidan 2018-2019 yillarda O’zbekiston va Belorussiya Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining o’zaro hamkorliklari to’g’risidagi hujjat imzolandi.

Поделиться