O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda umumta’lim elektron kutubxona loyihasini amalga oshirishda Janubiy Koreya tajribasi qo‘llaniladi

2018-07-10 | Jamiyat

O‘zbekiston Matbuot axborot agentligi aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va uni yangi bosqichga olib chiqish borasidaxorijiy davlatlar kompaniyalari bilanfaol hamkorlik qilmoqda. Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasi ana shu jarayon mahsuli bo‘ldi.

Agentlikdan olingan ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda ushbu loyiha doirasidatashkilot tizimida bo‘lganAlisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Raqamlashtirish va skanerlash hamda Multimedia markazlari tashkil etilmoqda. Shunigdek, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun Koreya Respublikasida joriy qilingan elektron kutubxona faoliyati, uning texnik tizimi, ilmiy-ta’limiy axborot ma’lumotlarini foydalanuvchilarga yetkazib berish, undan foydalanish hamda boshqaruvini tashkil qilish bo‘yicha o‘quv-trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
 
Shu kunlardaesa O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L.Tangriyev boshchiligidagi delegatsiya Seul shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro seminar-treninglarda ishtirok etib, ayni sohada Janubiy Koreya tajribasini o‘rganmoqda.

Поделиться