O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki Innovatsiya vazirligining loyihalariga kredit liniyasini ochishga tayyor

2018-06-29 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanlanish vazirligida vazir Ibrohim Abdurahmonov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyodagi moliya, raqobatbardoshlik va innovatsiya masalalari bo‘yicha Global amaliyot sektori rahbari Marializa Motta bilan uchrashdi. Uchrshuvda, shuningdek, Jahon bankining Markaziy Osiyodagi Hududiy idorasi bosh iqtisodchisi Stefka Slavova va Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimi Serdar Jeparov ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, Ibrohim Abdurahmonov va Marializa Motta joriy yilning aprel oyida Bratislavada uchrashishgan, o‘sha paytlari endigina tuzilgan Innovatsiya vazirligining vazifalari, maqsadlari haqida fikr almashishgan edi. Shu bois ham Motta xonim Toshkentga tashrifi doriasida uyushtirilgan uchrashuvlarni Innovatsiya vazirligidan boshlagan bo‘lsa, ajabmas.

Uchrashuv davomida vazir Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida gapirarkan, vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan va tez kunlarda jamoatchilikka taqdim etilishi kutilayotgan O‘zbekiston innovatsion rivojlanish strategiyasi haqida to‘xtaldi.

– Ma’lumki, yuksalishni o‘ziga maqsad qilib olgan har qanday davlat rivojlanishning qaysi yo‘lidan ketishini o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak, – dedi I. Abdurahmonov. – Deylik, Gruziya turizmni rivojlantirish, Koreya iqtisodiyotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish orqali iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarilgan bo‘lsa, O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi inson kapitalini taraqqiy ettirish bo‘lishi kerak.

Haqiqatan ham, xalqimiz mehnatkash, iqtidorli, izlanuvchan. Yurtimiz aholisining 65 foizini yoshlar tashkil etishini, ularning o‘qishga, o‘rganishga ishtiyoqi balandlandligini inobatga olsak, O‘zbekistonning strategik rivojlanish yo‘li o‘zgacha bo‘lishi mumkinmasdek. Faqat xalqimizning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorlarini namoyon etish va rag‘batlantirish talab etiladi. Buning uchun ta’lim tizimiga, ilmiy-tadqiqot muassasalarinning faoliyatiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish, ilmiy faoliyatni sanoat bilan bog‘liqligini kuchaytirish, olimlar va innovatorlarni qo‘llab-quvvatlash talab etiladi. Demak, innovatsion klasterlarlar, hududiy innovatsion markazlarni tashkil etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Marializa Motta Innovatsiya vazirligi tomonidan qisqa fursatlar ichida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlarga ijobiy baho berib, Jahon Banki respublikamizning innovatsion faoliyatini rivojlantirishga qisqa yoki uzoq muddatli zayomlar berishga tayyor ekanini aytdi.

Jahon banki tomonidan beriladigan zayomlarning shartlari va hajmi keyingi muzokaralargacha tomonlar o‘rtasida muhokama qilinishiga kelishib olindi.

Поделиться