O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada g‘oliblari taqdirlandi

2018-06-25 | Jamiyat

Shu yilning 19-23-iyun kunlari Samarqandda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro tanlovda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan vakillar ishtirok etdi. Ilk bor tashkil etilgan xalqaro olimpiadada ushbu mamlakatlardan 45 nafar iste’dodli o‘quvchi fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Bugun xalqaro olimpiada g‘olib va sovrindorlari aniqlandi. Astronomiya fanidan qirg‘izistonlik Anarbekov Iriskeldi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston vakili Amankul Janibek kumush medalga, hamyurtimiz Bozorqulov Do‘stmamat va yana bir qozog‘istonlik o‘quvchi Kenes Yerjan bronza medalga sazovor bo‘lishdi.

Fizika fanidan O‘zbekiston jamoasi a’zosi Umidjon Hafizov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tinichbekov Temur (Qirg‘iziston), Amangeldi Islam (Qozog‘iston) va o‘zbekistonlik Hasanov Otabek va Nosirov Abdurahmonlar kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Turkmanistonlik Xodjamurodov Meylis, qozog‘istonlik Telman Yerasil, Namugambetova Madina, qirg‘izistonlik Sidiqov Ernazar hamda hamyurtlarimiz Roziqov Soliboy, Xalimov Boburlar bronza medaliga munosib deb topildi. G‘oliblar tashkiliy qo‘mita tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

Mazkur xalqaro olimpiada ilk marotaba tashkil etilgan bo‘lsada, buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, iste’dodli yoshlarni izlab topish va ularni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilar uchun xorijlik tengdoshlari bilan do‘stona raqobat muhitini yaratishga xizmat qildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada har ikki yilda an’anaviy tarzda Samarqandda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olipiadaning fizika fani bo‘yicha yakuniy natijalari

 

F.I.O

Davlat

1-tur

2-tur

Yakuniy natija

O‘rni

Davlat

1

Xafizov Umidjon

O‘zbekiston II

23.5

13.6

37.1

oltin medal

O‘zbekiston II

2

Xasanov Otabek

O‘zbekiston II

25.4

9

34.4

kumush medal

O‘zbekiston II

3

Tыnыchbekov Timur

Kirg‘iziston

20.6

12.4

33

kumush medal

Kirg‘iziston

4

Amangeldi Islam

Qozog‘iston I

23.3

9.4

32.7

kumush medal

Qozog‘iston I

5

Nosirov Abdurahmon

O‘zbekiston

19.8

11.1

29.7

bronza medal

O‘zbekiston

6

Telman Yerasыp

Qozog‘iston I

18.6

11.1

25.9

 bronza medal

Qozog‘iston I

7

Razzoqov Soliboy

O‘zbekiston I

14.1

11.8

25.9

bronza medal

O‘zbekiston I

8

Xalimov Bobur

O‘zbekiston I

16

9.8

25.8

bronza medal

O‘zbekiston I

9

Xojamuradov Meylis

Turkmaniston

19.4

6.4

25.8

bronza medal

Turkmaniston

10

Sidikov Ernazar

Kirg‘iziston I

12.2

11.6

23.8

bronza medal

Kirg‘iziston I

11

Naumagambetova Madina

Qozog‘iston II

13.6

8.9

22.5

 bronza medal

Qozog‘iston II

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olipiadaning astronomiya fani bo‘yicha yakuniy natijalari

F.I.O

Davlat

1-tur

2-tur

Yakuniy natija

O‘rni

1

Anarbekov Iriskeldi

Kirg‘iziston

24

27

51

oltin
medal

2

Amankul Janibek

Qozog‘iston II

27

18

45

kumush medal

3

Bozorqulov Do‘stmamat

O‘zbekiston II

19

19

38

bronza
medal

4

Kenes Yerjan

Qozog‘iston II

16.5

17.5

34

bronza
medal

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Baxtiyor Mustanov (surat)

Xalq ta’limi vazirligi
Matbuot xizmati

Поделиться