O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlanadi

2018-06-20 | Jamiyat

“Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan “Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra:

tinglovchilarni qabul qilish Toshkent davlat yuridik universiteti Kengashi tomonidan belgilangan o‘rinlarga muvofiq, to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

tinglovchilarni qabul qilish suhbat shaklida o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi;

kirish imtihonlari yuridik kasbni tanlashning asoslantirilishi, huquq sohasidagi tayanch bilimlar va tahliliy fikrlashni aniqlash nuqtai nazaridan o‘tkaziladi;

qayta tayyorlash kurslarida o‘qish davlat va rus tillarida amalga oshiriladi;

qayta tayyorlash kurslarida o‘qitishning davomiyligi olti oyni tashkil etadi va asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi.

Qabul qilish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:

pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan ko‘chirma);

3,5x4,5 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat.

Kirish imtihonlari natijalari reyting tizimiga muvofiq nomzodga qo‘yilgan ballarni (0 dan 100 gacha) nazarda tutgan holda aniqlanadi va TDYUU rektori tomonidan tasdiqlanadigan Imtihon komissiyasi majlisi bayonnomasiga kiritiladi.

Kirish imtihonlari natijalari Markazning rasmiy veb-saytida suhbat jarayonining so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tgandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan joylashtiriladi.

Talabgor kirish imtihoniga kelmagan taqdirda unga 0 ball qo‘yiladi. Suhbat yakuni bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plagan taqdirda talabgor qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinmaydi.

Qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

belgilangan o‘rinlar sonini inobatga olgan holda kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tganda (suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan yuqori ball to‘plaganda);

kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinganidan so‘ng o‘n besh ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda kontrakt to‘lovi summasi o‘tkazilganda.

Поделиться