O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yosh tadbirkorlar uchun imtiyozlar

2018-06-19 | Jamiyat

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumani innovatsion tadbirkorlikni joriy qilish, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlandi. 

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir mamlakatimiz yoshlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, imtiyozli mikrokreditlar bilan ta’minlash, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

“O‘zmilliybank” va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan. Unga ko‘ra, yurtimiz yoshlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning o‘z faoliyatini yakka tartibda yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish, uy mehnati va kasanachilikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va shu orqali kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu ishlar uchun imtiyozli kreditlar ajratish asosiy vazifalardan etib belgilangan. 

– Bugungi kunga qadar memorandum bo‘yicha umumiy qiymati 3456,1 million so‘mlik loyiha tanlab olingan, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.Valiyev. – Bu kabi loyihalar uchun 720,8 million so‘mlik kreditlar ajratilgan. Bankimiz hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining qo‘shma qaroriga asosan tasdiqlangan nizom ham tadbirkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda. Nizom bo‘yicha bank tomonidan yosh tadbirkorlarning startap loyihalarini moliyalashtirish uchun jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lar hisobidan kredit ajratiladi. Unda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan yosh tadbirkorlarga eng kam oylik ish haqining 3 ming hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yosh tadbirkorlarga eng kam oylik ish haqining 1 ming baravarigacha miqdorda olti oygacha imtiyozli davr bilan 3 yil muddatgacha kredit ajratilishi belgilab qo‘yilgan. Albatta, bu imtiyoz ham yoshlarga qulay imkoniyatdir. 

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться