O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Harbiy-amaliy sportning “Armiya qo‘l jangi” turi bo‘yicha vazirlik chempionati o‘tkazildi
2018-06-18 | Sport
Mudofaa vazirligi sport majmuasida o‘tkazilgan chempionatda harbiy okruglar, harbiy qismlar va oliy harbiy ta’lim muassasalarining 12 jamoasi 7 vazn toifasida bellashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent harbiy okrugi sportchilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi, uchinchi o‘rin Markaziy harbiy okrugi jamoasiga nasib etdi.
– Musobaqada g‘olib bo‘lganimdan xursandman, – deydi oddiy askar I.Ergashev. – Qo‘l jangi sport turi bilan 5 yildan buyon shug‘ullanaman. Final o‘ziga yarasha murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. Bu kabi sport musobaqalari ruhiy va jismoniy imkoniyatlarimizni sinovdan o‘tkazishga yordam beradi.
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ular joriy yilning sentyabr oyida MDH armiyalari o‘rtasidao‘tadigan chempionatda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Abdulaziz Musayev, O‘zA