O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”

2018-06-14 | Jamiyat

O‘zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o‘lka bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani, Vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko‘p qayd etilgan.

“O‘zstandart” agentligida tashkil etilgan navbatdagi “Ma’naviyat soati”da yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlikni asrab-avaylash, bizning ma’rifatimizga yod bo‘lgan illatlardan ogoh bo‘lish masalalari chuqur tahlil etildi.

Uchrashuvda Davlat Xavfsizlik xizmati xodimi J.Najmiddinov ishtirok etdi.

Yig‘ilishni “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari J.Shukurov kirish so‘zi bilan ochib, belgilangan mavzuning naqadar dolzarb ekanligi, tinchligimiz, taraqqiyotimiz uchun o‘ta xavfli bo‘lgan bunday illatlarga qarshi murosasiz kurash olib borish barchamizning muqaddas burchimiz ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek uchrashuv davomida xodimlarga DXX xodimi tomonidan olib kelingan filimning namoyishi ham tashkil etilib, so‘ngra mulohazalar, takliflar va tavfsiyalar bildirildi.

Sir emas, bugun musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to‘qnashuvlarni boshidan kechirmoqda.

Mazkur hududlarda go‘yoki haqiqiy “islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik, insoniylikka zid vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo‘l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketdi. 

Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli to‘qnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar o‘rtasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo‘layotgani barchamizni tashvish va xavotirga solmay qo‘ymaydi.

Ushbu holatlar davlatning katta yoki kichikligi, dini va millatidan qat’iy nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar aziz ne’mat ekanini yana bir bor isbotlab bermoqda.

Xulosa shulki, bunday uchrashuvlar qanchalik ko‘p tashkil etilsa, barchani shunchalik ogohlikka undashiga shubha yo‘q.

Поделиться