O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Videokonferenssud tufayli qariyb bir milliard so‘m tejaldi
2018-06-14 | Jamiyat
Mamlakatimiz iqtisodiy sudlari tomonidan joriy yilning besh oy mobaynida 241 ming 490 ish ko‘rib chiqilib, hal etildi. Ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 75 ming 133 taga ko‘p bo‘ldi.
Oliy sud matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, taraflarga qulayliklar yaratish hamda sud ta’sirchanligini oshirish maqsadida ishlarning salmoqli qismi, ya’ni 66 foizdan ortig‘i bevosita joylarda, ya’ni sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.
Iqtisodiy sudlar tomonidan hal etilgan ishlarning 1 615 tasi videokonferensaloqa rejimida ko‘rib chiqildi. Natijada taraflarning qariyb bir milliard so‘m mablag‘i tejalgan.
Iqtisodiy sudlarda ko‘rilgan ishlarning asosiy qismini oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, ijara va pudrat shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ishlar tashkil etgan.