Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Kursantlar Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi.
– Birinchi Prezidentimiz faoliyat yuritgan maskanni ziyorat qilish bizga o‘zgacha g‘urur, yorqin taassurot baxsh etdi, – deydi Gulshoda O‘tkirova. – Islom Karimovning xalqimiz, davlatimizning ertangi kuni, yorug‘ kelajagini qurishdek mashaqqatli faoliyati shu go‘shada o‘tgan. Bu yerda Birinchi Prezidentimizning “O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emas va hech qachon kam bo‘lmaydi” degan so‘zlari jaranglab turganday, go‘yo.
Akademiya bitiruvchilari majmuaning tashkil etilish tarixi, bugungi faoliyati bilan tanishdi.
M.Toshqorayeva, O‘zA