O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

USAID vakillari Buxoroda

2018-06-12 | Jamiyat

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyot Agentligi (USAID)ning Markaziy Osiyo bo‘yicha administratori yordamchisi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari Buxoroda bo‘ldi.

Viloyat hokimi O‘.Barnoyev mehmonlarga ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaralari haqida batafsil ma’lumot berdi. Mehmonlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
 
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar viloyatda Xalqaro rivojlanish agentligi sherikligida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
 
USAID mamlakatimiz Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlik doirasida Buxoro viloyati sil kasalliklari dispanserida kasallik diagnostikasi va uni davolash yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Chunonchi, shifoxonaning bakteriologik laboratoriyasi silning turg‘un shakllarini erta aniqlash va bartaraf etishda qo‘l keladigan zamonaviy apparat bilan jihozlandi. Shuningdek, dispanserda joriy yil aprel oyida innovatsion masofaviy o‘qitish va monitoring markazi ochildi. Mazkur maskanda bemorlarni davolash jarayonlari hamda sohaga oid yangiliklarni tatbiq etish ishlari olib borilayotir. Umuman, USAID ko‘magida keyingi to‘rt yilda viloyat tuman va shaharlarida faoliyat olib borayotgan 400 nafardan ziyod ftiziatr, umumiy amaliyot tizimi mutaxassislari malakasi oshirildi.
 
Xorijlik mehmonlar fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudida bo‘lib, “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida ishlab chiqilgan va joriy etilgan”E-SUD” axborot tizimi faoliyatini o‘rgandi. Ular kelib tushgan ishni ro‘yxatdan o‘tkazishdan tortib, QR-kodi orqali haqiqiyligiga ishonch hosil qilish mumkin bo‘lgan sud qarorining qabul qilinishini o‘z ichiga olgan jarayonlarni kuzatish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan interfaol xizmatlar bilan tanishdi.
 
USAID dasturida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash ham alohida o‘rin egallaydi. Mehmonlarga Buxoro shahridagi “Levadiya Buxoro” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qandli diabet kasalligini oldini olish va uni davolashda yaxshi samara beradigan topinambur o‘simligidan biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish borasida olib borilayotgan izlanishlar katta qiziqish uyg‘otdi.
 

Erkin Yodgorov, O‘zA

Поделиться