O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining boshqarma boshliqlari uchun seminar o‘tkazildi

2018-06-08 | Jamiyat

Poytaxtimizda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarma boshliqlari uchun seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 26 martdagi “Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida mazkur o‘quv kurslari ilk bor tashkil etildi.
 
O‘n kun davomida mutaxassislar zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, boy madaniy tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, oilalardagi barqaror muhitni ta’minlash yuzasidan bilimlarini mustahkamladi.
 
Shu bilan birga poliklinikalar, mahallalar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishda ishtirok etish, huquqiy va psixologik maslahatlar berish, ajralishlarning oldini olishga oid yo‘nalishlar belgilandi.
 
Seminar davomida sohadagi ishlarni tartibli yo‘lga qo‘yishdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega ijobiy tajribalar tahlil qilindi. Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, nikoholdi tibbiy ko‘riklarni samarali tashkil etish yuzasidan takliflar bildirildi.
 

Barno Meliqulova, O‘zA

Поделиться