O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mehmonlar ayni vaqtda Nukus tumanidan Mo‘ynoqqa yo‘l oldi

2018-06-07 | Ekologiya

“Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzusidagi xalqaro konferensiya qatnashchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetib keldi.

Mehmonlar ayni vaqtda Nukus tumanidan Mo‘ynoqqa yo‘l oldi.

Ular Mo‘ynoqdagi “Kemalar qabristoniga” va muzeyga Tashrif buyurib, hududdagi ekologik vaziyat bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ladi.
 
– Orolning Qozog‘istondagi qismidan har yili 24 turdagi baliq ovlanadi va qayta ishlanadi, – deydi Orolni qutqarish agentligining Qozog‘istondagi vakolatli vakili Serik Bekmagantov. –Yevropa davlatlari hamda Rossiyaga 7-8 ming tonna baliq mahsulotlari eksport qilinadi. 1970 yillarda Mo‘ynoqdan Qozog‘istonning Orol shahriga kemalarda qatnov amalga oshirilgan. Kelgusida ana shunday davrlar qaytib kelishi uchun hamkorlik qilish uchun yangi taklif bilan keldik.
 

Sayyora Shoyeva, Temur Mamadaminov, O‘zA

Поделиться