O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi “Tog‘ va vodiy o‘rmonlarini barqaror boshqarish” loyihasini boshladi.
Mazkur loyiha bir qator xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Maqsad esa tog‘ va vodiy hududlaridagio‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda o‘ziga xos boshqaruvning modellarini ishlab chiqish. Kelgusida o‘rmon yerlarida ixota o‘rmonzorlar yanada kengaytiriladi.
Xususan, Kitob tumanidagi 54 ming o‘rmon yerlarida 150 dan ortiq fermer xo‘jaligi tashkil etilib, ularga yong‘oq, pista yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Sirdaryo o‘rmon xo‘jaligida ham 3,02 ming gektarni 100 ga yaqin mulkdorga foydalanish uchun berish mo‘ljallanmoqda.
Bu loyihani Popdagi 118,6 ming gektar o‘rmon yerlarida ham qo‘llash mo‘ljallanmoqda. Mazkur hududdagi o‘rmon yerlarida turli daraxtlar va yong‘oq yetishtirish borasida 100 ga yaqin fermer bilan hamkorlik qilinadi.
Kelgusida mazkur loyiha o‘z samarasini berishi shubhasiz. Tog‘larimizda yashillik olamini kengayishi va asrab-avaylash orqali ekologik muvozanatni tiklash va bozorlarda yong‘oq, pista kabi mahsulotlar bahosini arzonlashtirishga erishamiz.