O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar hokimligi xabar qiladi!

2018-05-07 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimligi Yashnobod tumani Qorasuv ko'chasidan 2-Qorasuv va Elbek ko'chalari bo'ylab Do'stlik metro bekatigacha bo'lgan hududda “O'zbekiston temir yo'llari” AJga er usti temir yo'l qurilish montaj ishlarini bajarishi yuzasidan, 2018 yil 10 may kunidan 2019 yil 31 yanvarga qadar barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanishini ma'lum qiladi.

Barcha turdagi transport vositalari harakati cheklangan ko'chalarni aylanib o'tish uchun jamoat transportining harakat yo'nalishlariga vaqtinchalik o'zgartirishlar kiritiladi.

Toshkent shahar hokimligi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi “Toshkent shahrida ikki yo'llik elektrlashtirilgan tezyurar temir yo'lini qurish” loyihasini amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu temir yo'l qurilish montaj ishlarini bajarishda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo'l harakati ishtirokchilaridan uzr so'raydi.

O'ylaymizki, hurmatli hamshaharlarimiz yo'llarda haydovchi va yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlash, ularga qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari jarayonidagi ushbu vaqtinchalik noqulayliklarni to'g'ri tushunadilar.

Поделиться