O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya organlari tarixi muzeyi tashkil etildi

2018-05-07 | Jamiyat

Muzeylar xalqimizning boy o‘tmishini bugungi zamon bilan bog‘lovchi ko‘prikdir. Muzeylarga tashrif buyurgan kattayu kichik o‘tmishda yashab o‘tgan tarixiy shaxslar, xalqimiz tomonidan yaratilgan betakror madaniy-ma’naviy meros haqida keng tasavvurga ega bo‘ladi. 

Bugungi kunda respublikamiz bo‘ylab muzeylar soni 350 tani tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Adliya organlari tarixi muzeyi tashkil etilib, ularning soni yana bittaga ko‘paydi. 

Mazkur muzeyda Adliya vazirligining shakllanish, rivojlanish evolyutsiyasi o‘z aksini topgan. Muzey 6 bo‘limdan iborat. Mazkur eksponatlarda Adliya vazirligining rivojlanish tarixi va buguni arxiv fotosuratlar asosida aks etgan. 

Ta’kidlash joizki, muzeyda 1917 yildan bugungi kunga qadar qabul qilingan qonun hujjatlari arxivi, nikoh, tug‘ilish yoki o‘limni qayd etish bilan bog‘liq holatlar, XX asrdan to bugungi kunga qadar qanday rasmiylashtirilganligi haqidagi arxiv fotosuratlar asl materiallarda aks ettirilgan. Muzeydan o‘rin olgan eksponatlarning barchasi maxsus ekspertlar guruhi tomonidan o‘rganilib, tadqiq etildi. 

Muzeyda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ilk qabul qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”, Adliya vazirligi tashkil topishi bilan bog‘liq qonun hujjatlari, adliya organlari va muassasalari faoliyatiga oid tarixiy hujjatlar hamda materiallarni ham ko‘rish mumkin. 

Muzeyda nafaqat vazirlikning tarixi, balki bugungi kundagi ish faoliyati bilan ham tanishish mumkin. Xususan, eksponatlardan o‘rin olgan xorijiy hamkorlik bo‘limida vazirlikning xalqaro miqyosdagi kelishuvlari, anjumanlar, konferensiyalardagi muhim jarayonlar ko‘zga tashlanadi. 

Adliya organlari tarixi muzeyining ochilish marosimi 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida adliya organlarida faoliyat yuritgan faxriylarga hurmat ramzi sifatida tashkil etildi. 

Marosim ishtirokchilari ta’kidlaganidek, mazkur muzey kelajagini adliya faoliyati bilan bog‘lashga intilayotgan, shuningdek, tarixdan saboq olib, kelajakka qadam qo‘yish istagida bo‘lgan insonlar, talaba va o‘quvchilarga muhim jonli manba bo‘lib xizmat qiladi. 

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться