O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Basseynlardan foydalanish tartibi belgilandi

2018-05-04 | Jamiyat

Agarda bir oilaning ikki va undan ortiq farzandi basseynda shug‘ullansa, ulardan har birining shug‘ullanishi uchun belgilangan oylik to‘lovining 70 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.

Suzish sportini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qaror bilan 2018-2021-yillarda suzish sport turlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga ko‘ra, bolalar-o‘smirlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Yosh olimpiyachilar” “Olimpiya umidlari”, qizlar o‘rtasida sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi”, suv sporti turlari bo‘yicha “Nafosat olami” sport musobaqalari tashkil etiladi.

Hududlarda suzish bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida seminarlar tashkil etiladi. Basseynlarni yil davomida faoliyat yuritishi uchun ularni elektr va gaz ta’minoti bilan to‘liq ta’minlash choralari ko‘riladi.
 
Basseynlarning ekspluatatsiyasi jarayonlariga mas’ul bo‘lgan xodimlarni (filtrlovchi, dezinfektor, va shu kabilarni) tayyorlash uchun maxsus kurslar ochiladi.
 
Basseynlarga kirish joylarida videokuzatuv va turniket moslamalari o‘rnatiladi.
 
Qaror bilan, shuningdek, Byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug‘ullanish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
 
Nizomga ko‘ra, basseynlarning sog‘lomlashtirish guruhlariga yetti yoshdan boshlab (agar chuqurligi bir metrdan oshiq bo‘lmagan basseyn bo‘lsa, to‘rt yoshdan boshlab) barcha xohish bildirgan shaxslar qabul qilinishi mumkin.
 
Shug‘ullanuvchilar basseynlarning sog‘lomlashtirish guruhlariga qabul qilingan kundan e’tiboran ularga basseynga kirish va suv xavzasidan foydalanishga ruxsat beriladi.
 
Sog‘lomlashtirish guruhlarida mashg‘ulotlar jarayoniga 45 daqiqa (akademik soat) hamda shug‘ullanuvchilar yechinib-kiyinishi va yuvinishi uchun 15 daqiqa vaqt belgilanadi.
 
Agarda bir oilaning ikki va undan ortiq farzandi basseynda shug‘ullansa, ulardan har birining shug‘ullanishi uchun belgilangan oylik to‘lovining 70 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
 
Basseynlarda shug‘ullanish istagini bildirgan shaxslar ushbu basseyn tegishli bo‘lgan muassasaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
 
ariza (voyaga yetmagan shaxslar uchun ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan);
 
shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma);
 
086–“u” shakldagi tibbiy ma’lumotnoma, teri tanosil vrachi va kardiolog tomonidan shug‘ullanishga berilgan ruxsatnoma;
 
shug‘ullanuvchining sport musobaqalarida erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa);
 
shug‘ullanuvchining 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurati;
 
shug‘ullanuvchining sport pasporti nusxasi, agar mavjud bo‘lsa (hujjatlarni topshirish vaqtida sport pasportining asl nusxasi ko‘rsatiladi);
 
shug‘ullanuvchining avvalgi shug‘ullangan sport muassasasidan shug‘ullanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (agarda shug‘ullangan bo‘lsa).
 

Поделиться