O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Chavandozlar saralanmoqda
2018-05-04 | Sport
Toshkent shahridagi “Universal Jumping Club” klubida ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi.
Musobaqaning dastlabki kunida “Dressaj” bellashuvlari bo‘yicha g‘oliblar nomi aniqlandi. Bellashuvlar bir necha bosqichda o‘tkazildi. Musobaqalarda chavandozlarning ijro elementlari bosqichma-bosqich murakkablashib bordi.
“Dressaj” O‘zbekiston chempionati birinchi bosqichining o‘rta sovrin bahslarida Inna Tokmokova “Kedar” laqabli oti bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kichik sovrin bellashuvlarida Oksana Pavliva “Fayble” laqabli oti bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, turli yo‘nalish va otlarning yosh toifalarida Anna Lisyak,Alyona Zorkina,Gulmira Saidolimova, Yevdokiya Kemalova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Chempionatda kattalar o‘rtasida ot yo‘rttirish bahslari ham o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimiz milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, 5-8 may kunlari 1998-2000 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida shu yo‘nalishda musobaqalar o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA