O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yuksak ishonchga munosiblik mas’uliyati

2018-05-04 | Madaniyat

Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab ta’sis etilgan jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 

Shu munosabat bilan mazkur saroyga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, barcha turdagi media tuzilmalarning vakillari, oliy ta’lim dargohlarining professor-o‘qituvchilari, yosh ijodkorlar, mamlakatimizdagi diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning vakillari taklif etildi. 

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi S.Hakimov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakat hayotida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jamiyatimizga yangicha nafas, teran nigoh, mutlaqo o‘zgacha ruh, odamlar tafakkurida keskin ijobiy burilishlar yasaganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidajamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim va ta’sirchan omil ekaniga asosiy e’tiborni qaratdi. 

Bu borada chinakam professional zamonaviy jurnalistikani shakllantirish, xususan, nodavlat ommaviy axborot vositalarini, axborot va tahliliy internet saytlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. 

Ayni paytda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan mulk shakli, yo‘nalishi, axborot uzatish tarzi turlicha bo‘lgan ommaviy axborot vositalari uchun yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan kadrlar zarurligini, jamiyatda kechayotgan islohotlarning ahamiyati va mohiyatini keng jamoatchilik va xalqimizga tez, xolis, haqqoniy yetkazib beruvchi media-mutaxassislarga bo‘lgan talab tobora ortib borayotganinidavrning o‘zi ko‘rsatmoqda. 

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalariva axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Milliy teleradiokompaniya, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiva “Uzreport” axborot agentligi kabi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.Shu bilan birga mazkur tanlov media sohasi vakillarining fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishi hamda jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy mushohada va o‘z faoliyatlariga yangicha yondashuvni takomillashtirishda muhim omil bo‘lmoqda. 

Bugun respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalarining umumiy soni 1500 dan oshdi. Mavjud bosma davriy nashrlarning 53 foizi, teleradiokanallarning 85 foizini nodavlat ommaviy axborot vositalari tashkil etmoqda. 330 dan ziyod veb-sayt OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 98 foizi nodavlat sektor ulushiga to‘g‘ri keladi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, tanlov bu yil o‘n uchinchi marotaba o‘tkazildi. Milliy media olamda eng nufuzli bo‘lgan “Oltin qalam” tanlovida o‘tgan yillar davomida 6000 dan ortiq jurnalistning 90 000 ga yaqin ijodiy ishi ko‘rib chiqildi. 260 nafar hamkasbimiz tanlov g‘olibiga aylandi. Mazkur tanlovlarni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash uchun jami 1 milliard 570 million so‘m miqdorida pul mukofotlari ajratildi. Shuningdek, 80 dan ortiq ijodkor mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar – BMT, YUNЕSKO, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, YUNEYDS, YUSAID, Sloveniyaning “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkiloti va chet el diplomatik korpuslarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari tomonidan ta’sis etilgan mukofotlar bilan taqdirlandi.

Bu yilgi “Oltin qalam” XIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda 523 nafar jurnalist 7100 dan ortiq ijodiy ishi bilan qatnashdi. Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra tanlovning Bosh milliy mukofoti berilmadi. Tanlov ishtirokchilari orasidan televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet-jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar, shuningdek, “OAVda kitobxonlik madaniyati targ‘ib qilingan eng yaxshi material uchun”, “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun”, “Eng yaxshi matbuot xizmati” va “Eng yaxshi fotoreportaj uchun” rag‘batlantiruvchi mukofotlar sohiblari aniqlandi. Taqdim etilgan ishlarni o‘rganishda bugungi shiddatli davrtalablari, teran tahlil, so‘zga mas’uliyat, ifoda mahorati, ijodiy faoliyatga yangicha yondashuv kabi jihatlargaasosiy e’tibor qaratildi. 

Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar “Ilhom” jamoat fondi mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilmoqda. 

Taqdirlash marosimida YUNЕSKO, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazining filiali (RESSA), YUSAIDning Sil kasalligiga qarshi kurash dasturi, DVV International (Germaniya), Gyote instituti, “Mintaqaviy muloqot” (Sloveniya) kabi xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari, AQSH, Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya va Xitoy Xalq Respublikalarining elchixonalari, shuningdek, milliy hamkorlar – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ham o‘z mukofotlarini topshirdilar. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda milliy jurnalistikani rivojlantirish yo‘lidagi e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, bugungi tezkor davr ijodkorlardan o‘z kasbiga sadoqat, fidoyilik, katta mas’uliyat bilan yondashuvni talab etayotganini ta’kidladi. 
– Jamiyatda kechayotgan islohotlarni teran tahliliy nazar, xolis va haqqoniy munosabat va yondashuv asosida baholash biz – jurnalistlarningasosiy burchi, – deydi televideniye yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin sohibasi, Milliy teleradiokompaniyaning “O‘zbekiston – 24” telekanali bo‘lim mudiri Nazira Mambetsharipova. – Bugungi kunda barcha jabhalar kabiommaviy axborot vositalarini yanada ravnaq toptirish, soha xodimlarining erkin va samarali mehnat qilishi uchun zarur barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Bizga bildirilayotgan yuksak ishonchga munosib bo‘lish, uni oqlash burchimizdir. 

Tadbir doirasida taniqli san’at ustalari, o‘zbek milliy estradasining yulduzlari va yosh san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. 
 
 
Nazokat Usmonova, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA

Поделиться