O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Charity and Donation: yon-atrofga e’tiborli bo‘lish qiyin emas
2018-05-03 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari «Charity and Donation» nomli xayriya aksiyasini tashkil qildilar.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad yoshlarda boshqalarga nisbatan e’tiborli va xayrixoh bo‘lish, alohida ehtiyojga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek bunday yoshlarga hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Aksiya ishtirokchilari Toshkent shahridagi mehribonlik uylaridan biriga tashrif buyurdilar. Talabalar va o‘quvchilar mehribonlik uyidagi alohida ehtiyojga muhtoj tarbiyalanuvchilari uchun qiziqarli dastur asosida qog‘ozdan turli shakllar yasash, applikatsiyalar tayyorlash abo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazdilar. Shuningdek, tashkilotchi yoshlar bolalar uchun rang-barang kiyimlarning teatrlashgan shousini namoyish qildilar.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga qo‘l barmoqlarining nozik harakatlarini rivojlantiradigan turli materiallar taqdim qilindi.