O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Istiqbolli loyihalar amalda

2018-05-03 | Iqtisodiyot

Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida 2017-yil 14-15 may kunlari bo‘lib o‘tgan xalqaro hamkorlik bo‘yicha “Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning XXR Raisi Si Szinpin bilan o‘tkazgan muzokaralari chog‘ida qator kelishuvlarga erishilgan edi. Shunga muvofiq, Xitoyning Xebey provinsiyasi Sintay shahridan yo‘lga chiqqan transport karvonlari “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasiga kirib keldi. 

O‘tgan yili iqtisodiy hududda Xitoyning “Hebei New silk Road Import and Yexport trade” kompaniyasi investitsiyasi ko‘magida “Zyong Tyang” xorijiy korxonasiga maxsus guvohnoma topshirilgan edi. Endi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish jarayoni boshlandi. 7,5 million dollar miqdoridagi investitsiyaning kirib kelishi, yangi quvvatning istiqbolidan darak beradi. Xususan, yiliga 200 ming dona DSP fanerlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega korxonada 70 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. 

Darhaqiqat, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida qator imtiyozlar qo‘llanilayotgani ishlab chiqaruvchilar va xorijlik sarmoyadorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratmoqda. Ayni paytda hududda faoliyat yuritayotgan 20 ga yaqin yirik korxona ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanayotir. 

– “Bir makon, bir yo‘l” forumida davlatimiz rahbari nutq so‘zlab, tabiiy, ishlab chiqarish va inson resurslariga g‘oyat boy bo‘lgan mamlakatimizda transport, savdo, investitsiya, energetika va yuksak texnologiyalar sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi, – deydi “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori A.Fayziyev. – Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari bilan bog‘laydigan transport-logistika yo‘nalishlarini ochishga xizmat qiladigan mazkur loyiha qadimgi Buyuk ipak yo‘lining qayta tiklanishi, deb baholanmoqda. Xitoylik sarmoyadorlar bilan Navoiyda amalga oshirilayotgan mazkur iqtisodiy hamkorlik ham aloqalarimiz tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat. 

Xorijlik investorlarning yurtimiz bozori, ayniqsa, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasini tanlashining asosiy omili bu yerda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulaylik, qurilish mahsulotlariga ichki talabning yuqoriligi, eng muhimi, xom ashyo ko‘pligidadir. Chunki, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona uchun zarur resurslar viloyatning o‘zida mavjud. 

“Zyong Tyang” xorijiy korxonasi mutasaddilarining ta’kidlashicha, dastlab DSP fanerlari ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Mahsulot tayyorlashda xom ashyo Qiziltepa tumanidan olinadi. G‘o‘zapoyadan keng foydalaniladi. Maxsus ingrediyentlar esa “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatidan olinadi. Bu mahsulot tannarxining arzonlashishi va importning keskin qisqarishiga xizmat qiladi. 

Korxonada, shuningdek, MDF va faner ishlab chiqarish, shisha mahsulotlari tayyorlash ham rejalashtirilgan. 
 

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA

Поделиться