O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mukofotlar muborak aziz fahriylar!
2018-05-02 | Jamiyat
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 iyuldagi Qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligida joriy yilning 2 may kuni “Mehnat faxriysi” ko'krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Ma'lumki “Mehnat faxriysi” ko'krak nishoni bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash, yurisprudentsiya va boshqa sohalarida ko'p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas'uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag'ishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadilar.
2018 yilda Toshkent shahridan 183 nafar hamshaharlarimiz “Mehnat fahriysi” ko'krak nishoni bilan mukofotlandilar. Toshkent shahar hokimligida ushbu taqdirlanganlarni 61 nafariga mukofot tantanali tarzda topshirildi.
-Mamalakatimiz, poytaxtimiz hayotida qutlug' ish, qutlug' tadbir bo'lib o'tdi. Butun umrini halol mehnat qilib, jamoat ishlarida yaxshi xizmat ko'rsatgan, yaxshi ko'rsatgichlarga erishgan bir guruh mehnat fahriylariga davlat rahbari tomonidan tassis etilgan “Mehnat faxriysi” ko'krak nishoni” topshirildi. Bunday yuksak mukofotni bayram arafasida bizga berilishi, kamtarona mehnatimizni yuksak qadirlanishi, doimiy e'tiborda bo'layotganligimiz uchun prezidentimizga rahmat aytamiz. – deydi “Mehnat faxriysi” ko'krak nishoni sohibi tarix fanlari nomzodi, dotsent Miralimov Shavkat Abbasovich.
Yana bir bor mukofotlar muborak bo'lsin aziz fahriylarimiz!