O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonda fotoelektr quyosh energiyasi ishlab chiqariladi
2018-05-02 | Jamiyat
“SkyPower Global” xorijiy kompaniyasi yurtimizda umumiy qiymati 1,3 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshiradi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilingani haqida Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Qarorga ko‘ra, “SkyPower Global” xorijiy kompaniyasi yurtimizda umumiy qiymati 1,3 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha obyektlarni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va foydalanish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradi.
Shunga ko‘ra, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati hokimliklariga ushbu loyihani amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratish vazifasi topshirildi.