O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Faxriylar ijtimoiy himoyasiga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi

2018-05-01 | Jamiyat

1941-1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga har oyda zaruriy oziq-ovqat hamda gigiyena mahsulotlari, har yili kiyim-kechak va poyabzallar bepul tarqatiladi.

1941-1945-yillardagi urush faxriylarini, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilingani to‘g‘risida Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Qarorga asosan, 2018-yil 1-maydan 1941-1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga – bepul taqdim etish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat hamda gigiyena mahsulotlari, zarur kiyim-kechak va poyabzallar ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorda ko‘rsatilgan oziq-ovqat, shuningdek, gigiyena mahsulotlari “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘limlari orqali yashash joyiga har oyning 15 sanasigacha, zarur kiyim-kechak va poyabzallar har yili 1-oktyabrdan kechiktirilmay to‘lov undirmasdan yetkazib beriladi.
 

Поделиться