O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya Prezidentining tashrifi yakunlandi
2018-05-01 | Siyosat
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘anning mamlakatimizga davlat tashrifi samarali va mazmunli bo‘ldi.
Davlat rahbarlarining Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan muzokaralari natijasida 25 ta hujjat imzolandi. Ekspomarkazda ikki mamlakat ishbilarmonlari 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishdi. Buxoro ziyorati uchrashuvlarga qo‘shimcha mazmun baxsh etdi.
Shuning bilan Turkiya Prezidentining mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga yetdi.
Rajab Tayyip Erdog‘anni Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.