O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat rahbarlari Bahouddin Naqshband maqbarasiga tashrif buyurdi

2018-05-01 | Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Tayyip Erdog‘an Buxoroga tashrifi avvalida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildilar. Qur’on tilovat qilindi.

O‘zbek va turk xalqlarining dini, ma’naviy qadriyatlari bir. Yurtimizda yashagan avliyo va allomalar Turkiyada ham e’zozlanadi. Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband ana shunday siymolardan biridir.

Oliy martabali mehmonga uning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, “Ko‘ngling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin” degan g‘oyaning mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi.

Mustaqillik yillarida bu maskan yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar ko‘p keladigan ziyoratgohga aylandi.

Turkiya Prezidenti O‘zbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, xalqimiz tarixi va ma’naviyatiga hurmati balandligini ta’kidladi.

Ziyorat turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Поделиться