O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari biznes-forumga tashrif buyurdi

2018-05-01 | Siyosat

Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Soliq konsepsiyasi biznes va investorlar uchun juda katta yengillik beradi.

Mamlakatimizning har bir viloyatida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilgani, ularda investorlar barcha turdagi soliq to‘lovlari va import bojlaridan ozod etilgani ta’kidlandi. Hozirgi kunda 300 dan ziyod investorlar erkin iqtisodiy hududlarda yaratilgan qulay sharoitlardan foydalangan holda faoliyat olib bormoqda.

Turkiya ishbilarmonlari uchun ham alohida qulayliklar yaratildi. Kirish vizalari bekor qilingani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani o‘zaro aloqalarga keng yo‘l ochdi.

Bugungi kunda yurtimizda O‘zbekiston – Turkiya hamkorligida 500 ga yaqin qo‘shma shirkat faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning 59 tasi shu yilning birinchi choragida tashkil etilgan.

Turkiya Prezidenti va ishbilarmonlari Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yili bunday qulaylik va yengilliklar biznesmenlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga qiziqishini oshirganini ta’kidladi.

Ushbu biznes forum doirasida 3 milliard dollarlik investitsiya loyihalari bo‘yicha bitimlar imzolangani buning tasdig‘i bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an ishbilarmonlar bu kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha faol ish olib borishi zarurligini ta’kidladilar.

Поделиться