O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya rektorlar uyushmasining XI syezdi bo‘lib o‘tdi

2018-04-30 | Jamiyat

Xabaringiz bo‘lsa, joriy yilning 26 aprelida Sankt-Peterburg shahrida ilm-fan sohasiga oid nufuzli tadbir tashkil etilgan edi. Rossiya federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ochib bergan mazkur tadbir Rossiya rektorlar uyushmasining tarixiy syezdi bo‘lib, unga xalqaro tashkilotlar, xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari ham taklif etildi. 

O‘zbekiston Milliy universitetidan O‘zAga ma’lum qilishicha, xalqaro tadbir mehmonlari safidan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi vakillari ham joy olgan. Xususan, mamlakatimizdan O‘zMU rektori Avazjon Marahimov mazkur syezdda ishtirok etib, uyushmaning rektorlar hay’ati raisi o‘rinbosarligiga tayinlandi. 

Ma’lumot uchun: Tashkil topganiga bu yil chorak asr bo‘lgan Rossiya rektorlar uyushmasi umumdavlat jamoatchilik tashkiloti hisoblanib, unga RF OTMlarining 700 ga yaqin rektori a’zo hisoblanadi. Mazkur uyushma oliy ta’lim sohasini barqaror va innovatsion rivojlantirish, mahalliy va xorijiy OTM rahbarlari uchun keng va samarali muloqot, tajriba almashish platformasini yaratish kabi vazifalarni bajarib keladi. 

 

Malohat Husanova, O‘zA

Поделиться