O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiya Prezidenti Toshkentga yetib keldi

2018-04-29 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 29 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. 

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. 

Tantanali kutib olish marosimidan so‘ng Turkiya  delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi. 

Avval xabar berilganidek,  oliy darajadagi siyosiy muloqotda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘llari, ikki tomonlama munosabatlarning yangi istiqbollarini belgilash va rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik, jumladan, global va mintaqaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. 

Shuningdek, tashrif doirasida Turkiya Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida so‘zga chiqishi, O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi banklari, kompaniya va firmalari vakillari ishtirokidagi biznes forumida qatnashishi ko‘zda tutilgan.  

Tashrif dasturidan Turkiya delegatsiyasining Buxoro shahrida bo‘lishi ham o‘rin olgan. 

Tashrifning asosiy tadbirlari 30-aprel va 1- may kunlariga belgilangan. 

Поделиться