O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat soliq qo‘mitasi yangi innovatsion g‘oyalar yo‘lida

2018-04-29 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi vakillari Turkiya Respublikasi Soliq xizmatida bo‘lishdi.

Turkiya Respublikasi Soliq xizmati rahbari Adnan Erturk bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida taraflar soliq ma’muriyatchiligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, strategik rejalar bo‘yicha fikr va tajriba almashdilar. 

Turkiyalik vakillar soliq ma’muriyatchiligining barcha yo‘nalishlarida, shu jumladan, tavakkalchiliklarga moslangan munosabat tizimi yo‘nalishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil qo‘llanilishi kengaytirilayotganligi hamda xodimlar soni 1200 kishini tashkil etadigan Tavakkalchilikni tahlil etish markazini tashkil etish loyihasi tayyorlanayotganligi haqida ma’lumot berib o‘tdilar.

Ta’kidlanganidek, ushbu sa’y-harakatlarning kuchaytirilishi sohada innovatsion texnologiyalarning yangi bosqichiga o‘tish imkoniyatini yaratib beradi va byudjetga qo‘shimcha mablag‘larning tushishi ta’minlanadi.

O‘tkazilgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra tomonlar idoralararo hamkorlikni davom ettirish hamda soliq ma’muriyatchiligi (tavakkalchiliklarni tahlil etish, onlayn nazorat-kassa mashinalari, elektron hisobvaraq-fakturalar, Big Data va boshqalar) sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini izchil qo‘llash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni tuzish istagini bildirdi.

Uchrashuv Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq islohotlari sohasida ko‘rsatayotgan texnik ko‘magi yordamida tashkil etildi.

Поделиться