O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Islom madaniyati – buyuk qadriyat

2018-04-26 | Jamiyat

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda din sohasida xizmat qilayotgan xodimlar, ulamolar, imom-xatiblar, professor-o‘qituvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, akademik Ne’matullo Ibrohimov va boshqalar mamlakatimizda milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, bu borada faoliyat samaradorligini oshirish, ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash yo‘lidagi sa’y-harakatlar jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi. 

Yig‘ilishda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan ushbu qo‘mita tuzilmasidagi axborot-tahlil markazi faoliyati to‘g‘risida, Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘lim boshlig‘i Mirzo Kenjabek diniy xodimlarning ilmiy saviyasini oshirish haqida ma’ruza qildi. 

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Поделиться