O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2018-04-24 | Siyosat

2018-yilning 24-aprel kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashdi.

Fevraldagi uchrashuv davomi sifatida TIV rahbarlari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni yanada mustahkamlashning aniq yo‘llari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil may oyidagi Xitoyga ko‘lami va samaradorligiga ko‘ra tarixiy davlat tashrifi ikki tomonlama aloqalarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi, davlat rahbarlari o‘rtasidagi yuqori darajadagi o‘zaro ishonchni namoyish etdi.

Vazirlar ShHT davlat rahbarlarining Tsindao shahrida bo‘lajak majlisiga va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Raisi Si Szinpinning ikki tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashdilar.

Mintaqaviy kun tartibini muhokama qilish chog‘ida Abdulaziz Kamilov va Van Yi tomonidan Toshkentda mart oyida bo‘lib o‘tgan va Xitoyning nufuzli delegatsiyasi faol ishtirok etgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali xalqaro konferensiya natijalari yuqori baholandi va Afg‘oniston mojarosini hal etish doirasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklari tasdiqlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining boshqa dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Поделиться