O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov “Ulli hovli” majmuasida bo‘ldi
2018-04-24 | Siyosat
O‘zbeklar va turkmanlar qadimdan yonma-yon, hamjihat yashab kelgan. Xiva xonligi davrida turkmanlar uchun qishloqlar, uy-joylar barpo etilgan. Urganch tumanidagi “Ulli hovli” majmuasi ana shunday tarixiy obidalardan biridir.
O‘n yettinchi asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o‘rab turgan qo‘rg‘on saqlanib qolgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yigirma o‘rinli mexmonxona qurildi. Turkman o‘tovlari o‘rnatildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari “Ulli hovli”ni tomosha qildi.
Shu yerda o‘zbek va turkman mumtoz qo‘shiqlaridan namunalar ijro etildi.