O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat rahbarlarining samimiy muloqoti Xorazmda davom etadi
2018-04-24 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga keldi. Davlatimiz rahbari Urganch xalqaro aeroportida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni kutib oldi.
Xorazmda ushbu tashrifga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Prezidentlarni kutib olish uchun Urganch xalqaro aeroporti va ko‘chalarga minglab odamlar chiqqan.
Tashrif dasturidan bir qator madaniy tadbirlar o‘rin olgan. Davlat rahbarlarining Urganch tumanidagi “Ulli hovli”, Xiva shahridagi “Ichan qal’a” va Nurillaboy tarixiy majmualarni borib ko‘rishi, Xorazm viloyati drama teatrida O‘zbekiston – Turkmaniston san’at ustalarining konsert dasturida ishtirok etishi rejalashtirilgan.